Jahon bozorida neft narxi $82 barrel darajasidan oshdi

Xomashyo narxi AQSH, Isroil va Eron o‘rtasida harbiy harakatlar boshlanganidan keyin 13% dan ko‘proqqa oshdi

Jahon bozorida neft narxi $82 barrel darajasidan oshdi

Londonning ICE Futures birjasida Brent markali neft fyucherslari AQSh, Isroil va Eron o‘rtasida harbiy harakatlar boshlangani sababli bir barrel uchun $82,37 gacha qimmatladi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

2-mart kuni savdolar kotirovkalarning 13,04% ga keskin ko‘tarilishi bilan ochildi. Keyinchalik dinamika barqarorlashib, o‘sish sur’ati 8,93% gacha sekinlashdi, narx esa $79,38 gacha o’zgardi. Investing.com ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur xabar yozilayotgan vaqtda neft bir barrel uchun $78,29 dan sotilmoqda.

The Guardian nashrining yozishicha, bozordagi keskinlik Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi xavfi bilan bog‘liq. Bu jahon neft hajmining taxminan 20%i va Qatardan keladigan suyultirilgan tabiiy gazning salmoqli qismi o‘tadigan asosiy logistika yo‘nalishidir. Harbiy faollikka qaramay, 1-mart kuni Eron hukumati keyingi xabarnomaga qadar tankerlarning bo‘g‘oz orqali harakatlanishiga ruxsat bergan.

Barclays banki tahlilchilarining baholashicha, agar beqarorlik saqlanib qolsa, bir barrel neft narxi $100 dan oshishi mumkin, deb xabar beradi FT. Agar narx $120 darajasida mustahkamlanib qolsa, bu jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazadi. Transport yo‘llari bir necha haftaga to‘liq to‘sib qo‘yilgan taqdirda, ekspertlar kotirovkalar $150–$200 gacha ko‘tarilishini ham istisno etmayapti, biroq bunday ssenariy ehtimoldan yiroq deb hisoblanmoqda.

Geosiyosiy inqiroz boshqa aktivlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Oltin narxi 2,8% ga oshib, bir unsiyasi uchun $5364,84 ga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Toshkent” Respublika fond birjasi “Kapital Sug’urta” imtiyozli aksiyalari savdosini to‘xtatdi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi “Kapital Sug’urta” imtiyozli aksiyalari savdosini to‘xtatdi
Energetika vazirligi gaz narxlari 1-martdan oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
Energetika vazirligi gaz narxlari 1-martdan oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi
/
Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi