Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi

Loyiha geofazoviy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash va davlat xizmatlarini raqamlashtirishga qaratilgan

Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekiston uchun $35 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Mablag‘lar xalqaro standartlarga muvofiq fuqarolar va biznes uchun geofazoviy ma’lumotlardan foydalanishni yaxshilash uchun ishlatiladi.

Loyiha, shuningdek, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va mamlakatda hududiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

O‘zbekiston hukumati birgalikda moliyalashtirish uchun qariyb $5,7 mln ajratadi. Loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan 2025−2030 yillarda amalga oshiriladi.

Avvalroq Jahon banki elektr tarmoqlarini modernizatsiyasi uchun O‘zbekistonga $100 mlnlik imtiyozli kredit ajratishi haqida xabar berilgandi.

Mablag‘lar elektr uzatish tarmoqlarini qurishga va ularga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilishga yo‘naltiriladi.

Dasturni amalga oshirish uchun Hududiy elektr tarmoqlari (HET) o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha $50 mln ajratadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
/
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi