Jahon banki O’zbekistonga $50 mlnlik kredit beradi

Mablag'lar IT sohasida ta'lim olish va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga yo'naltiriladi

Jahon banki O’zbekistonga $50 mlnlik kredit beradi

Jahon banki O’zbekistonga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va yoshlarga raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko’nikmalarini o’rgatish uchun $50 mlnlik imtiyozli kredit beradi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vashingtonda bo’lib o’tgan yig’ilishda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani va O’zbekiston bosh vazirining iqtisodiyot va moliya bo’yicha o’rinbosari Jamshid Kuchkarov «O’zbekistonda raqamli inklyuziya» loyihasini moliyalashtirish to’g’risida bitim imzoladilar.

Loyihaning maqsadi qishloq va chekka hududlardagi yoshlarning IT ta’limi va IT xizmatlari bo’yicha ishga joylashish imkoniyatlarini oshirishdir. Loyiha raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi IT-Park tomonidan amalga oshiriladi va 30 yoshgacha bo’lgan minglab yoshlarni o’qitishni, shuningdek, axborot texnologiyalari (ITES xizmatlari) kompaniyalari uchun ushbu mutaxassislarni jalb qilish uchun imtiyozlar yaratishni o’z ichiga oladi.

Tashabbus iqtisodiy o’sishning katalizatori bo’lish, yangi ish o’rinlari yaratish va O’zbekistondagi IT-xizmatlar sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan.

Loyiha, shuningdek, hukumatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va yoshlarning ITES xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Uni amalga oshirish ushbu sektorni iqtisodiy o’sish manbai va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sifatida ishlatishga imkon beradi. Loyiha raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi IT-Park tomonidan O’zbekistonning qishloq va chekka hududlaridan yoshlarni o’qitish va ishga joylashtirish maqsadida amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zini o‘zi band qilish maqomi nimani anglatadi, uning qanday foydalari bor
/
O‘zini o‘zi band qilish maqomi nimani anglatadi, uning qanday foydalari bor
Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi
/
Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda
/
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda