Jahon banki O‘zbekistonda energiya ta’minoti uchun $100 mln imtiyozli kredit ajratadi

Mablag‘lar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqlariga ulash hamda elektr ta’minoti barqarorligini oshirish loyihalariga yo‘naltiriladi

Jahon banki O‘zbekistonda energiya ta’minoti uchun $100 mln imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqlariga integratsiya qilish va ta’minot ishonchliligini oshirish uchun $100 mln imtiyozli kredit ajratadi.

Dasturni amalga oshirish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha $50 mln ajratadi.

Bank rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, Jahon banki O‘zbekistondagi faoliyati tarixida birinchi marta ushbu operatsiyani moliyalashtirish uchun “natijaga yo‘naltirilgan dastur” (Program-for-Results, PforR) deb nomlangan vositadan foydalanmoqda. Ushbu vosita Bankning mijoz mamlakatlaridagi eng muhim davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.

2024-yil holatiga ko‘ra, elektr energiyasini taqsimlashda texnik yo‘qotishlar taxminan 13% ni tashkil etadi. Bunga asosiy sabab sifatida eskirgan va ortiqcha yuklangan infratuzilma keltirilgan. Taqsimlash tarmoqlari obyektlarining 50% dan ortig‘i 30 yildan ortiq ishlatiladi, bu ularning me’yoriy xizmat muddatidan ancha oshib ketib, tez-tez avariyalar va elektr ta’minotida uzilishlarga olib keladi.

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida elektr ta’minotining ishonchli bo‘lishini ta’minlanadi.

Dastur doirasidagi asosiy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:

  • 6 ming km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish;
  • umumiy quvvati 250 megavolt-amper (MVA) bo‘lgan 1,2 mingta taqsimlash transformatorini almashtirish va o‘rnatish;
  • HET tarmoqlarida elektr energiyasining tijorat yo‘qotishlarini kamaytirishga yordam beradigan 150 mingta “aqlli” hisoblagichlarni ulash;
  • taqsimlash tarmoqlari faoliyatini avtomatlashtirish va raqamlashtirishni ta’minlash uchun 4 mingta ma’lumotlar konsentratorini o‘rnatish, bu ularni zamonaviy va samarali tizimga aylantiradi.

Dastur orqali 2029-yilga kelib mijozlarning “HET” xizmatlari sifatidan qoniqish darajasini 90%ga yetkazishga erishish kutilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston va Jahon banki barqaror landshaftlarni tiklash bo‘yicha $153 mlnlik loyihani ishga tushirayotgani haqida xabar berilgandi.

Loyiha 6 ta hudud — Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarini qamrab oladi. U degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, mahalliy landshaftlarning barqarorligini oshirish, ekoturizmni rivojlantirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda tunda avtobus yo‘laklarida boshqa transportlar harakatlanishi mumkin bo‘ladi
/
Endilikda tunda avtobus yo‘laklarida boshqa transportlar harakatlanishi mumkin bo‘ladi
“Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlar narxini pasaytirdi
/
“Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlar narxini pasaytirdi
O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozilmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozilmaydi