25.11.2024 | 12:40
O’zbekiston Jahon banki indeksida 62-o‘rinni egalladi
MDH davlatlari orasida esa 4-o’rinni
Фото: World Bank
Jahon bankining “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi”ning 2023-yil natijalari keng jamoatchilikka e’lon qilindi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston 80,3 ball to‘plab, 217 ta mamlakat orasidan 62-o‘rinni egalladi. MDH mamlakatlari orasida esa 4-o‘ringa ko‘tarilgan. 2022-yili O’zbekiston mazkur xalqaro reytingda 74,1 ball to‘plab 79 o‘rinni egallagandi.
Ushbu indeks mamlakatning statistik salohiyati, erishayotgan yutuqlari va milliy statistika tizimini rivojlantirish borasida olib borayotgan islohotlari natijalari asosida shakllantiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ