Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln kredit ajratadi

Mablag‘lar kam ta’minlangan oilalarga 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha moddiy yordam kabi sohalarga sarflanadi

Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln kredit ajratadi

Jahon banki (JB) O‘zbekistonga imtiyozli kreditlar ko‘rinishida $800 mlnlik moliyaviy paketni ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi axborot xizmati xabar qildi.

Mablag‘lar hukumatga uzoq muddatli qaytarish shartlari asosida past foiz stavkasi bilan taqdim etiladi.

Bunday kreditlash shartlari xalqaro moliya bozorlaridagiga qaraganda ancha foydaliroq. Bu orqali O‘zbekiston qarz bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qisqartirishi va tejalgan budjet mablag‘larini ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga yo‘naltirishi mumkin bo‘ladi, — deyiladi xabarda.

Bankning ma’lum qilishicha, ajratilgan mablag‘lar hukumatga bir qator strategik yo‘nalishlarda tezkor choralarni amalga oshirishda yordam beradi. Jumladan:

  • Ijtimoiy himoya: kam ta’minlanganlarga gaz va elektr uchun kompensatsiya to‘lovini 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha oshiriladi;
  • Ayollarni qo‘llab-quvvatlash: ish joylarida tazyiq va kamsitishdan himoya kuchaytiriladi, homilador yoki yosh bolali ayollarni ishdan bo‘shatish taqiqlanadi;
  • Ijtimoiy xizmatlar: xususiy sektor ishtirokida aholining zaif qatlamlariga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytiriladi;
  • Davlat korxonalari islohoti: Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi, ayrim sohalarda davlat monopoliyasi cheklanadi;
  • Qishloq xo‘jaligi: sug‘urta tizimi joriy etiladi, paxta narxlarini belgilash mexanizmi moslashuvchan bo‘ladi;
  • Tashqi savdo: JSTga qo‘shilish jarayoni tezlashtiriladi, ayrim eksport ruxsatnomalari bekor qilinadi;
  • Energetika: xususiy investorlarga elektr taqsimlash bozoriga kirish imkoniyati beriladi, qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish kengaytiriladi;
  • Energiya samaradorligi: issiqxona gazlarini kamaytirish, quyosh energetikasini rivojlantirish va energiya tejamkor loyihalarni rag‘batlantirish nazarda tutilgan;
  • “Yashil” xaridlar: ekologik toza mahsulot va xizmatlarni davlat xaridlarida ustuvor qilish tizimi joriy etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
“AirAsia” Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
/
“AirAsia” Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekistonda birinchi “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi
/
O‘zbekistonda birinchi “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi