2026-yilda JAC Motors Toshkent avtomobil zavodi ishga tushiriladi

$135 mlnlik loyiha yiliga 30 mingta avtomobil ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi

2026-yilda JAC Motors Toshkent avtomobil zavodi ishga tushiriladi

JAC Motors Tashkent avtomobil zavodini 2026-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi hukumat komissiyasining “Yangi avlod” sanoat zonasiga tashrifi davomida ma’lum bo‘ldi.

Qiymati $135 mln bo‘lgan loyiha yiliga 30 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona tashkil etishni ko‘zda tutadi. Joyida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mahsulotning kutilayotgan eksport hajmi taxminan $5 mlnni tashkil etishi mumkin.

30,86 gektar maydonda joylashadigan zavodda ichki yonuv dvigatelli avtomobillar, gibridlar va elektromobillar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Ishlab chiqarish majmuasining birinchi bosqichi qurilishi uchun 97,1 mlrd so‘m (taxminan $8 mln) ajratish ko‘zda tutilgan.

Tashrif davomida komissiya a’zolari qator investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasining rivojlanishi bilan ham tanishdi. Zona loyihalariga kiritiladigan umumiy investitsiyalar hajmi $835 mlnga baholanmoqda, yaratiladigan ish o‘rinlari soni esa taxminan 9 mingtani tashkil etadi.

Muhim vazifalar qatorida hudud orqali o‘tuvchi yuqori bosimli gaz quvuri va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini ko‘chirish ishlarini tezlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarishlarni ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bog‘liq masalalarni hal etish belgilandi.

Komissiya JAC loyihasidan tashqari boshqa investitsiyaviy tashabbuslarni ham ko‘rib chiqdi. Xususan, qiymati $288 mln bo‘lgan DPW Tashkent loyihasi taqdim etildi. Ushbu loyiha 157 mingta konteynerni qayta ishlash quvvatiga ega multimodal logistika terminalini hamda 60 ming kvadrat metrli “A” toifali avtomatlashtirilgan omborlarni tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, bir martalik tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati $50 mln dollarli Health Line MCHJ QK loyihasi taqdim etildi. Korxonani yiliga 1,4 mlrd dona mahsulot ishlab chiqarish quvvati va 520 ta ish o‘rni bilan tashkil etish rejalashtirilyapti.

Bundan tashqari, komissiya industrial texnoparkda qiymati $25 mln bo‘lgan olovbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Ogneupor korxonasi hamda Comfi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Accord Vision loyihasi bilan tanishdi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, qator loyihalar bo‘yicha gaz va elektr ta’minoti, kredit ko‘magi hamda kompensatsiya to‘lovlarini bosqichma-bosqich tartibga solishga oid topshiriqlar berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

BYD zavodi O‘zbekistonda 10 ta yangi model ishlab chiqarish uchun $200 mln jalb qiladi
/
BYD zavodi O‘zbekistonda 10 ta yangi model ishlab chiqarish uchun $200 mln jalb qiladi
Endilikda soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshganda elektr uchun to‘lov cheklanadi
/
Endilikda soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshganda elektr uchun to‘lov cheklanadi
Soxta xayriya tashkiloti orqali $663 mingdan ortiq mablag‘ yig’ildi
/
Soxta xayriya tashkiloti orqali $663 mingdan ortiq mablag‘ yig’ildi