O‘zbekistonda biznes uchun yagona ilmiy ishlanmalar bazasi yaratiladi

Tadbirkorlar ishlab chiqarish muammolarini hal etish uchun ilmiy tadqiqotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma bera oladi

O‘zbekistonda biznes uchun yagona ilmiy ishlanmalar bazasi yaratiladi

O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot institutlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy hamjamiyat o‘rtasida tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Asosiy yo‘nalishlar sifatida ilg‘or xorijiy texnologiyalarni joriy etish, mahalliy ixtirolarni tijoratlashtirish hamda innovatsion menejmentni rivojlantirish belgilangan. Shuningdek, korxonalarning ilmiy faoliyatdagi ishtiroki ularning barqarorlik reytingini hisoblashda inobatga olinadi.

2026-yil 1-iyulgacha Innovatsion rivojlanish agentligi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda yangi elektron platformani ishga tushiradi. Mazkur resurs investorlar va biznes vakillariga yangi ixtirolar bazasidan foydalanish imkonini beradi. Portalda tadqiqotchilarning ochiq reyestri hamda ularning ilmiy izlanish yo‘nalishlari shakllantiriladi.

Platforma orqali kompaniyalar aniq texnologik muammolar bo‘yicha ilmiy yechimlarga buyurtma joylashtirishi mumkin bo‘ladi. 2026-yil 1-avgustga qadar tizim “Tadbirkorlar barqarorligi reytingi” platformasi bilan integratsiya qilinadi.

Hujjat 2026-yil 24-fevraldan kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi
/
O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi
“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” Qashqadaryoda $200 mlnlik zavod qurilishini tezlashtiradi
/
“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” Qashqadaryoda $200 mlnlik zavod qurilishini tezlashtiradi
Wolt brendi O‘zbekistondan tashqari yana 3 ta mamlakatda faoliyatini to‘xtatadi
/
Wolt brendi O‘zbekistondan tashqari yana 3 ta mamlakatda faoliyatini to‘xtatadi