Markaziy bank iyun oyida 21 ta bankni jarimaga tortdi

Shuningdek, 23 ta bankka nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan

Markaziy bank iyun oyida 21 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil iyun oyida o‘tkazilgan yettita yig‘ilish davomida 34 ta masalani ko‘rib chiqib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kun tartibidagi 22 ta masala ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga oid bo‘lgan. Xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, bank auditorlari uchun malaka sertifikatlarini taqdim etish, mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, to‘lov tashkilotlariga litsenziya berish, shuningdek kredit tashkilotlari ustav fondidagi ulushlarga egalik qilish va banklarning kuzatuv kengashi hamda boshqaruv organlariga nomzodlarni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala muhokama qilingan. Unda Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlariga rioya etilishi, bank hamda nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, shuningdek taqsimlanmagan foydani taqsimlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Qo‘mita qaroriga ko‘ra, prudensial normativlar hamda qonunchilik talablariga rioya etmagan 23 ta bankka nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan.

Shuningdek, qonunchilik talablarini buzganligi hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar sababli 21 ta bank, bitta mikromoliya tashkiloti va bitta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda turpaket sotish uchun $50 ming miqdorida badal joriy etilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda turpaket sotish uchun $50 ming miqdorida badal joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
/
Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
“Rayhon” restoranlar tarmog‘i asoschisi sakkiz yilga qamaldi
/
“Rayhon” restoranlar tarmog‘i asoschisi sakkiz yilga qamaldi