Tramp o‘zini o‘zi deportatsiya qilgan noqonuniy migrantlarga pul va samolyot chiptasi berilishini ma’lum qildi

Bunday deportatsiya dasturi ularga keyinchalik Amerikaga qonuniy qaytish imkonini berishi mumkin

Tramp o‘zini o‘zi deportatsiya qilgan noqonuniy migrantlarga pul va samolyot chiptasi berilishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp uning ma’muriyati “o‘zini o‘zi deportatsiya qilish” dasturini yaratayotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda NBC News nashri xabar berdi.

Fox Noticias telekanaliga bergan intervyusida Tramp dastur doirasida Qo‘shma Shtatlar muhojirlarning mamlakatni tark etishlari uchun stipendiya va samolyot chiptasini taqdim etishini aytdi.

U, shuningdek, hukumat muhojirlar “o‘zlarini yaxshi tutgan taqdirda” Qo‘shma Shtatlarga qaytishlari uchun ular bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.

“Biz ularga ozgina pul va samolyot chiptasi beramiz, so‘ng ular bilan ishlaymiz. Agar ular o‘zlarini yaxshi tutsa va biz ularning qaytishini istasak, imkon qadar tezroq qaytishlari uchun ular bilan hamkorlik qilamiz,” deb ta’kidladi AQSh prezidenti.

Ma’muriyat amaldorlari muhojirlarni o‘z ixtiyori bilan deportatsiya qilishga undamoqda, Ichki xavfsizlik vazirligi esa ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ishtirokidagi ko‘p million dollarlik reklama kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi.

Mart oyi boshida AQSh migrantlar uchun o‘z-o‘zini deportatsiya qilishga mo‘ljallangan ilovani ishga tushirgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda