Abdulahad Qo‘chqorov IT Park Uzbekistan’ning yangi direktori etib tayinlandi

Texnoparkning sobiq direktori Kuzatuv kengashi raisi sifatida faoliyat yuritadi

Abdulahad Qo‘chqorov IT Park Uzbekistan’ning yangi direktori etib tayinlandi

Abdulahad Qo‘chqorov IT Park Uzbekistan bosh direktori lavozimini egalladi. Texnoparkni 2017-yildan buyon Farhod Ibragimov boshqarib kelgan.

Farhod Ibragimov joriy yilning fevral oyidan buyon IT Park’ning Kuzatuv kengashi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda. U texnopark ekotizimining strategik rivojlanishi va yangi Enterprise Uzbekistan tashabbusining ishga tushirilishi uchun mas’ul bo‘ladi.

Abdulahad Qo‘chqorov IT Park jamoasiga 2019-yilda qo‘shilgan. Dastlab u operatsion direktor sifatida ish boshlagan, keyinchalik ijrochi direktor lavozimiga tayinlangan. IT Park’dagi faoliyatidan avval u Groundzero kovorking tarmoqlarini boshqargan va O‘zbekiston–Yaponiya markazida biznes kurslarini muvofiqlashtirgan.

Hozirda u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Shuningdek, Khan Academy Uzbek loyihasini mahalliylashtirish bilan shug‘ullanayotgan direktorlar kengashi a’zosi hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda