Dalerxon Nodirov IT Park Ventures rahbari etib tayinlandi

Avval strategik bitimlar va biznesni kengaytirish yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan mutaxassis venchur fondini boshqaradi

Dalerxon Nodirov IT Park Ventures rahbari etib tayinlandi

IT Park Ventures venchur fondiga yangi rahbar tayinlandi. Tashkilot matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fond boshqaruvi Dalerxon Nodirov zimmasiga yuklatildi.

Ushbu tayinlov avvalgi rahbar Azamat Karamatovning IT Park Uzbekistan bosh direktori lavozimiga o‘tishi bilan bog‘liq.

Dalerxon Nodirov texnologik investitsiyalar sohasida tajribaga ega. 2022–2024-yillarda u AloqaVentures’da investitsiya portfelini shakllantirish bilan shug‘ullangan, shundan so‘ng IT Park Ventures’ga qo‘shilgan. 2024-yildan fond direktorining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2026-yilda esa M&A yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosar sifatida strategik bitimlar, portfel kompaniyalarini kengaytirish hamda hamkorlik tashabbuslari uchun mas’ul bo‘lgan.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, fond portfelida dunyoning 15 mamlakatida faoliyat yuritayotgan qariyb 70 ta startap mavjud. Portfel aralash model asosida shakllantirilgan: 38 ta loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirilgan, yana 30 tasi akseleratsiya va hamkorlik dasturlari orqali ulush evaziga portfelga kiritilgan.

Investitsiyalarning asosiy yo‘nalishlari sifatida moliyaviy va ta’lim texnologiyalari, bulutli yechimlar hamda sun’iy intellekt belgilangan. Fond 30 ta mahalliy va xalqaro hamkor bilan koinvestitsiya modeli asosida ishlaydi. Ular orasida 500 Global, Alchemist va Plug and Play Tech Center kabi tashkilotlar bor.

2026-yilda Seed va Series A bosqichidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt va o‘yin ishlab chiqish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Fond xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma investitsiya tuzilmalarini ishga tushirishga tayyorgarlikni yakunlamoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoyda avtomobil savdosi fevral oyida 1,8 mln donagacha kamaydi
/
Xitoyda avtomobil savdosi fevral oyida 1,8 mln donagacha kamaydi
Samarqand viloyatini rivojlantirishga 29 trln so‘m yo‘naltiriladi
/
Samarqand viloyatini rivojlantirishga 29 trln so‘m yo‘naltiriladi
O‘zbekistonda “ochiq turizm mavsumi” e’lon qilinadi
/
O‘zbekistonda “ochiq turizm mavsumi” e’lon qilinadi