IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

2028 yilgacha Raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturi yo’lga qo’yiladi

IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

Raqamlashtirish sohasidagi eksportchi korxonalar qo‘llab-quvvatlashga doir farmonga ko’ra, 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvargacha bir nechta mezonlarga to‘g‘ri keladigan IT-park rezidentlariga soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi (QQS bundan mustasno). 

Jumladan, yillik daromadi tarkibida IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi 50%dan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda 18 yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50%dan ortiq qismi IT-park rezidenti bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga ushbu imtiyoz amal qiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-apreldan OTMlarning axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga ham “IT-visa” beriladi.

Shu bilan birga, 2028 yil-1 yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturi yo’lga qo’yiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
/
O‘zbekistonda suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari ilk bor 8,3 mln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari ilk bor 8,3 mln so‘mdan oshdi
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi