Yilning birinchi choragida 132 ta kompaniya IT Park rezidentiga aylandi
Yangi rezidentlar birinchi yilda 1 639 ta ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil mart-aprel oylarida 132 ta eksportga yo‘naltirilgan kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.
Ularning 56 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalardir. Xorijiy investorlar geografiyasi AQSh, Yaponiya, Kanada, Fransiya, Norvegiya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Lixtenshteyn, Yangi Zelandiya, Ispaniya, Italiya kabi mamlakatlarni o‘z ichiga oladi.
Yangi rezidentlar o‘z faoliyatining birinchi yilida 1 639 ta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda, bu esa mamlakatning yuqori texnologiyali sektorini rivojlantirish va malakali mutaxassislar sonining o‘sishiga hissa qo‘shadi.
O‘zbekiston hududlarida 49 ta eksportga yo‘naltirilgan kompaniya rezidentlik maqomini oldi, ularning 25 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalardir.
Biznes-rejalarga ko‘ra, hududlardagi ushbu eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalar 500 dan ortiq ish o‘rni yaratish va $9 mlndan ortiq xizmatlar eksportini amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.
IT Park’ning yangi rezident kompaniyalari IT-sanoatning turli sohalarini qamrab oladi:
- BPO va servis xizmatlari — 51 ta kompaniya;
- IT-xizmatlar — 38 ta kompaniya;
- IT-mahsulotlarni ishlab chiqish — 34 ta kompaniya;
- kreativ sanoat — 9 ta kompaniya.
Kompaniyalarning biznes-rejalariga ko‘ra, birinchi yilda $30 mlndan ortiq raqamli xizmatlar eksport qilinishi ko‘zda tutilgan. Yetkazib berish Shimoliy Amerika, Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Avstraliya bozorlarini qamrab oladi.
Misol uchun, AQShning Platma kompaniyasi sun’iy intellektdan foydalangan holda avtomatlashtirilgan tizimlar konstruktorini yaratish uchun mahalliy mutaxassislarni ishga olmoqda. Kiprning Breffi Tech kompaniyasi esa Latviya uchun marketing xizmatlarini eksport qiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ