O’zbekiston aviakompaniyalari iste’molchilarga 195 mln so‘mdan ortiq mablag‘larni qaytarib berdi

Qo'mitaga aviachipta pulini qaytarmaslik, yo‘lovchilarga parvozlar kechiktirilayotganligi to‘g‘risidagi murojaatlar kelib tushgan

O’zbekiston aviakompaniyalari iste’molchilarga 195 mln so‘mdan ortiq mablag‘larni qaytarib berdi

Raqobat qo‘mitasi o’tgan 9 oyda foydalanilmagan aviachipta pulini qaytarmaslik, yo‘lovchilarga parvozlar kechiktirilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni  o‘z vaqtida yetkazmayotganligi,  shikastlangan bagaj uchun yuk qiymatini to‘liq qoplab berilmasligi va parvozlar vaqtida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining talab darajasida emasligi yuzasidan respublikada xizmat ko‘rsatayotgan aviakompaniyalarga e’tirozlar bildirilgan jami 200 dan ortiq iste’molchilar murojaatlarini o’rgandi.

Unga ko’ra, murojaatchilarga 195 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarilgan.

Jumladan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro o‘z murojaatida “Uzairways” kompaniyasining rasmiy veb-saytidan Turkiyaga borib-qaytish uchun jami 21,57 mlnga oilasiga aviachipta sotib olgani, ammo aviakompaniyaning aybi bilan parvozdan qolib ketishganini bildirgan.

O‘rganishlarga ko’ra, fuqaroning farzandlariga tegishli pasportlarning amal qilish muddati 2024-yil oktyabr oyigacha bo‘lgan. Turkiya davlati qonunchiliga ko‘ra, chet el fuqarosi davlatga kirganda pasportning amal qilish muddati kamida 150 kun bo‘lishi kerak.

Fuqaro rasmiy veb-sayt orqali aviachiptani xarid qilish vaqtida tizimga pasport ma’lumotlari  va unga amal qilish muddati kiritilganligi, tizim pasport muddati Turkiya davlati talabiga to‘g‘ri kelmasligini bilgan holda ogohlantirishsiz aviachipta sotganligi ma’lum bo‘lgan. 

Natijada, “Uzbekiston Airways” AJ tomonidan aviachiptaga to‘langan pul mablag‘i iste’molchiga  to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.

Yana bir holat Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan kelib tushgan murojaat “Air Samarqand” aviakompaniyasi tomonidan yuzaga kelgan muammo bilan bog‘liq. Fuqaro oilasi bilan Vyetnam davlatiga uchish va qaytish uchun aviachiptalarni xarid qilgan. Bulardan 2 ta aviachipta biznes klassga bo‘lib,  parvoz vaqtida unga taklif qilingan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilmagan.

Qo‘mita tomonidan “Air Samarqand” aviakompaniyasi haqiqatan ham parvoz vaqtida iste’molchiga yetarli darajada xizmat ko‘rsatmagani aniqlangan va  10,6 mln pul mablag‘i aviakompaniya tomonidan fuqaroga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.

“Kapital.uz” oldinroq, raqobat qo‘mitasiga o’tgan 9 oyda avtomashinalar xaridi bilan bog’liq 900ga yaqin murojaatlar kelgan haqida yozgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
/
O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
/
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda
/
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda