O‘zbekiston issiqxona gazlari chiqindilarini cheklash to‘g‘risida qonun qabul qildi

Hujjat bilan maqsadli ko‘rsatkichlar, chiqindilar hisobi va uglerod birliklari reestri joriy etiladi

O‘zbekiston issiqxona gazlari chiqindilarini cheklash to‘g‘risida qonun qabul qildi

2025-yil 7-iyulda iqlim xavflarini kamaytirish va ekologik tashabbuslarni rag‘batlantirishga qaratilgan “Issiqxona gazlari emissiyasini cheklash to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ-1073) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qonunga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • davlat hisobini yuritish;
  • maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash;
  • issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash.

Shuningdek, yuridik shaxslar, YATT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.

O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to‘liq tasarruf etiladi.

“Yashil” loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reestriga kiritiladi.

Bundan tashqari, Qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
/
Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
/
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi
/
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi