O‘zbekistonda islomiy moliya xizmatlari uchun QQS bekor qilinadi

Shuningdek, foizsiz qarzlar bo‘yicha qarz oluvchining daromadi Markaziy bank stavkasi asosida hisoblanmaydi

O‘zbekistonda islomiy moliya xizmatlari uchun QQS bekor qilinadi

O‘zbekistonda islomiy moliya sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Lex.uz portalida e’lon qilingan qonunda ma’lum qilingan.

Yangi tartibga ko‘ra, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari islomiy moliyaviy instrumentlar orqali sotilgan tovarlar ustiga qo‘yilgan ustamalar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lamaydi.

Shuningdek, islomiy qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar — ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash va savdo maydonchalari faoliyati ham QQSdan ozod etiladi. Ishonchli boshqaruv xizmatlari hamda ijara bitimlaridagi narx farqi ham soliqdan chiqariladi.

Daromad solig‘i bo‘yicha ham qator yengilliklar joriy etilmoqda. Xususan, foizsiz qarzlar bo‘yicha qarz oluvchining daromadi Markaziy bank stavkasi asosida hisoblanmaydi. Kechiktirilgan to‘lovlar uchun undirilgan jarimalarning xayriya maqsadlariga yo‘naltirilgan qismi soliq bazasidan chiqarib tashlanadi.

Jismoniy shaxslar uchun esa banklar yoki mikromoliya tashkilotlariga kiritilgan mablag‘lardan olinadigan daromadlar bo‘yicha daromad solig‘i bekor qilinadi.

Shu bilan birga, islomiy ijara asosida ko‘chmas mulkni ijaraga beruvchi tashkilotlar yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashda davom etadi. Bunday bitimlar huquqiy jihatdan moliyaviy ijara (lizing)ga tenglashtiriladi.

Mazkur o‘zgarishlar 2026-yil 29-iyundan kuchga kiradi.

Kapital.uz avvalroq O’zbekistonda islomiy bank xizmatlari to’g’risidagi qonun qabul qilingani haqida xabar bergandi.

Qonunga muvofiq, 28-iyundan quyidagi asosiy moliyaviy operatsiyalar joriy etiladi:

  • foydani taqsimlash asosida moliyalashtirish (muzoraba)
  • agentlik asosida xizmat ko‘rsatish (vakala)
  • tovarni bo‘lib-bo‘lib sotish (murabaha)
  • oldindan to‘lov asosida moliyalashtirish (salam)
  • biznesda sheriklik (musharaka)
  • mulkni ijaraga berish va keyinchalik sotib olish (ijara)

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyaga jarima qo‘llandi
/
O‘zbekistonda propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyaga jarima qo‘llandi
O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
/
O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi
/
O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi