Veolia Energy Tashkent isitish va issiq suv uchun to‘lovlarni ikkiga ajratadi

Iste’molchilar shaxsiy kabinetlarida har bir xizmat uchun to‘lov summalarini alohida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Veolia Energy Tashkent isitish va issiq suv uchun to‘lovlarni ikkiga ajratadi

“Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi abonentlari uchun issiq suv va isitish to‘lovlarini alohida ajratdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda “Veolia Energy Tashkent” shaxsiy kabinetida “Hisob-kitoblar” bo‘limida issiq suv va isitish bo‘yicha hisoblar alohida ko‘rinadi. Isitish “OV” qisqartmasi bilan, issiq suv ta’minoti esa “GVS” (goryacheye vodosnabjenie) qisqartmasi bilan belgilanadi. Har bir xizmat bo‘yicha summalar ham alohida ko‘rsatiladi.

Hisob-kitoblar tafsilotini ko‘rish uchun shaxsiy kabinetda kerakli davrni tanlab, “Rasshifrovka” tugmasini bosish kifoya.

Agar xatoliklar aniqlansa yoki tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bo‘lsa, mijozlar kompaniyaga Telegram-kanali, info@veoliaenergy.uz elektron manzili yoki tumanlardagi issiqlik ta’minoti bo‘limlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqlagan edi. Endilikda aholi uchun yangi chakana tarif 1 Gkal uchun (QQSsiz) 139,8 ming so‘mni tashkil etadi (avvalgi — 121,6 ming so‘m o‘rniga). Yuridik shaxslar uchun to‘lov 244,4 ming so‘mdan 342,2 ming so‘mga oshiriladi, bazaviy tarif esa 7% ga ko‘tarilib, 711,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi