Toshkentda isitish tizimi 7-noyabrdan ishga tushadi

Shuningdek, poytaxt hokimligi isitish tizimiga ulanishda muammolar yuzaga kelganda murojaat qilishingiz mumkin bo'lgan raqamlarni e'lon qildi

Toshkentda isitish tizimi 7-noyabrdan ishga tushadi

Poytaxt hokimi qaroriga asosan, 2024-yil 5-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida markaziy isitish tizimlariga issiqlik berish boshlanadi. Bu haqda poytaxt holimligi xabar berdi.

Obyektlarni issiqlik bilan bosqichma-bosqich taʼminlash 7-noyabrdan boshlanadi. 

Isitish tizimiga ulanishda muammolar yoki nosozliklar yuzaga kelganda, shuningdek, issiqlik taʼminoti xizmati koʻrsatuvchi tashkilotga murojaat qilish uchun 1055, 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilish yoki Toshkent shahar hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga murojaat qilisa bo‘ladi.

Eslatib o’tamiz, Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari narxi 15%ga oshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

11-fevraldan metan zapravkalar odatiy rejimda ish boshlaydi — Energetika vazirligi
/
11-fevraldan metan zapravkalar odatiy rejimda ish boshlaydi — Energetika vazirligi
Xitoydan O‘zbekistonga 22 kunlik premium temiryo‘l kruizi yo‘lga qo‘yiladi
/
Xitoydan O‘zbekistonga 22 kunlik premium temiryo‘l kruizi yo‘lga qo‘yiladi
1-iyuldan ko‘p kvartirali uy uchun badal vaqtida to‘lanmaganda elektr to‘lovlari vaqtincha to‘xtatiladi
/
1-iyuldan ko‘p kvartirali uy uchun badal vaqtida to‘lanmaganda elektr to‘lovlari vaqtincha to‘xtatiladi