Ko‘p kvartirali uylar qurilishida ruxsat berish jarayonlari 1,5 baravargacha qisqartiriladi

Shuningdek, ipoteka krediti tizimini rivojlantirish uchun yangi investitsiya kompaniyalari tashkil etiladi

Ko‘p kvartirali uylar qurilishida ruxsat berish jarayonlari 1,5 baravargacha qisqartiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Aholini uy-joy bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, uy-joy qurilishini rag‘batlantirish, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqini amalga oshirish uchun sharoit yaratish hamda ko‘p kvartirali uylar bozorida talabga mos taklif hajmini oshirish asosiy vazifalar etib belgilangan.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylar qurilishida yer ajratish va ruxsat berish jarayonlarini o‘z ichiga olgan investitsiya-qurilish davrini 1,5 baravargacha qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Farmonga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun tanlab olingan hududlar belgilangan mezonlarga mos kelgan taqdirda mazkur maqom beriladi. Natijada ularga amaldagi tartib-taomillar va moliyalashtirish mexanizmlari tatbiq etiladi.

Yangi massivlarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya tejovchi uskunalar hamda muqobil isitish tizimlaridan foydalanish rejalashtirilgan. Shuningdek, “yashil” transport muhiti yaratish ham ko‘zda tutilgan.

Farmon bilan ipoteka krediti tizimini takomillashtirish ham nazarda tutilgan. Jumladan, “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ va “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ tajribasi asosida aksiyadorlik jamiyati shaklida yangi investitsiya kompaniyalari tashkil etiladi. Ular tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda vositachi vazifasini bajaradi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylar uchun subsidiya ajratiladigan fuqarolarning ijtimoiy mezonlarga mosligi “subsidiya.idm.uz” tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda, inson omilisiz baholanadi.

2026-yil 1-apreldan boshlab byudjet mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari rasmiy daromadga ega fuqarolarga, shuningdek, ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lab kelayotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ham ajratiladi. Keyingi yillarda ushbu talablar bosqichma-bosqich kengaytiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sirdaryoga 2026-yilda $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
/
Sirdaryoga 2026-yilda $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
Endilikda yo‘llarda yuzni aniqlovchi kameralar ishga tushiriladi
/
Endilikda yo‘llarda yuzni aniqlovchi kameralar ishga tushiriladi
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi