O’zbekiston sanoatlashtirish va investitsiyalar orqali Markaziy Osiyoni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishni rejalashtirmoqda

Qo'shimcha qiymat zanjirlarini yaratish, suv resurslarini muvofiqlashtirish va innovatsiyalarni amalga oshirish rejalari mavjud

O’zbekiston sanoatlashtirish va investitsiyalar orqali Markaziy Osiyoni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishni rejalashtirmoqda

O’zbekistonda qo’shimcha qiymat zanjirlarini yaratish bilan mintaqani sanoatlashtirishning yagona xaritasini shakllantirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, yetakchi xalqaro kompaniyalarning investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish va kooperatsiyaning yangi shakllarini joriy etish.

Ushbu ustuvor yo’nalish doirasida Vazirlar darajasida kengash tuzish va strategik hujjatni ishlab chiqish zarur. 

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo investitsiya kengashini tashkil etish, mintaqa mamlakatlarini innovatsion rivojlantirish bankini tashkil etish istiqbolli ko’rinadi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun muvofiqlashtirilgan faoliyat zarur. Ilg’or agrosanoat amaliyotlarini, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, mahsuldorlikni oshirish, chuqur qayta ishlashni rivojlantirish, naslchilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, klasterlar va “aqlli” fermer xo’jaliklarini yaratish muhimdir. 

Yangi tashabbuslar orasida Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishining kompleks dasturini va transchegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalanishning mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi