“Invest Group Centre” kompaniyasidagi davlat ulushlarini sotib oluvchi da’vogarlar aniqlandi

Uchta investor xususiylashtirishning keyingi bosqichiga qo‘yildi

“Invest Group Centre” kompaniyasidagi davlat ulushlarini sotib oluvchi da’vogarlar aniqlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Invest Group Centre” dagi davlat ulushini sotib olish uchun uchta talabgorni qabul qildi.

Belgilangan muddatga (2025-yil 6-fevral, 23:59) qadar “Portfolio Investments” xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchisi aktivni sotib olishga qiziqish bildirgan uchta investordan arizalar qabul qildi. Ular ko‘rib chiqilgach, barcha talabgorlar belgilangan talablarga muvofiq deb topildi. Keyinchalik ular xususiylashtirishning keyingi bosqichi haqida batafsil ma’lumot beruvchi individual protsessual xatlarni olishadi.

Oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA) imzolangandan so‘ng, investorlar aktiv to‘g‘risida batafsil moliyaviy, huquqiy va operatsion ma’lumotlarni, shu jumladan Maslahatchi tomonidan tayyorlangan tahliliy hisobotni o‘z ichiga olgan virtual ma’lumotlar xonasiga (VDR) kirish huquqiga ega bo‘ladilar. Ushbu materiallar ishtirokchilarga o‘zlarining majburiy takliflarini (BO) shakllantirishga yordam beradi.

Aktivlarni sotib olish bo‘yicha majburiy takliflar (BO) 2025-yil 28-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Ushbu muddatgacha talabgorlar E-auksion elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabineti orqali taklif etilayotgan BO summasining kamida 1% miqdorida kafolat to‘lovini (zakalat pulini) kiritishlari shart. Jarayon yakunida bu to‘lov g‘olibdan tashqari barcha ishtirokchilarga qaytariladi. G‘olib uchun esa u sotib olish to‘lovining bir qismi sifatida hisoblanib, Xususiylаshtirish jаmg‘аrmаsigа o‘tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM