O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish portali ishga tushiriladi

2026-yil mart oyidan patent va tovar belgilariga ega bo‘lish tadbirkorlarning barqarorlik reytingini oshiradi

O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish portali ishga tushiriladi

Prezident sohani raqamlashtirish va ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirishga qaratilgan qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, keyingi ikki yil uchun sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Xususan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari soni 100 mingga yetkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali arizalarga ekspertiza o‘tkazish muddati ikki baravar qisqartiriladi.

Adliya vazirligining mavjud resurslari asosida “Intellektual mulkni himoya qilish” yagona portali ishga tushiriladi. Platforma murojaatlarni yuborish, onlayn shartnomalar tuzish, shuningdek, mualliflik huquqi buzilgani uchun bloklangan qalbaki mahsulotlar va veb-saytlar haqidagi ma’lumotlarni kuzatish imkonini beradi.

2026-yil 1-martdan biznesga oid yangi tartiblar kuchga kiradi. Endilikda tadbirkorlarning barqarorlik reytingini hisoblashda brend yoki ixtiro bo‘yicha huquqlarga ega bo‘lish qo‘shimcha ball beradi. Aksincha, ushbu sohada sodir etilgan huquqbuzarliklar reytingning pasayishiga olib keladi. Patent va guvohnomalar kabi muhofaza hujjatlarining dublikatlari pullik asosda elektron shaklda berila boshlaydi.

Kadrlar tayyorlash maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Milliy universitetida, keyinchalik boshqa oliygohlarda ham intellektual mulkni boshqarish yo‘nalishlari ochiladi. Shuningdek, soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

2026-yildan boshlab mamlakatda “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi dasturiy ta’minot” va “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalarida respublika tanlovlari har yili o‘tkaziladi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari mos ravishda 150, 125 va 100 BHM miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?
/
O‘zbekistonda 1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston 2030-yilgacha byurokratiya darajasini nolga tushirishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston 2030-yilgacha byurokratiya darajasini nolga tushirishni rejalashtirmoqda
AQShning Kremniy vodiysida O‘zbekistonning Milliy transfer ofisini ochiladi
/
AQShning Kremniy vodiysida O‘zbekistonning Milliy transfer ofisini ochiladi