Ilon Mask boyligi $600 mlrddan oshgan tarixdagi ilk insonga aylandi

SpaceX’ning bozor qiymati keskin oshishi milliarderdan yangi rekord egasini yaratdi

Ilon Mask boyligi $600 mlrddan oshgan tarixdagi ilk insonga aylandi

SpaceX asoschisi Ilon Mask tarixda boyligi $600 mlrddan oshgan birinchi inson bo‘ldi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Amerikalik milliarder kapitalining o‘sishi kosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi SpaceX kompaniyasining bozor qiymati qayta baholanishi bilan bog‘liq.

Tender taklifi e’lon qilingach, kompaniya qiymati avgust oyidagi $400 mlrddan dekabr oyida $800 mlrdgacha oshdi.

Natijada SpaceX aksiyalarining qariyb 42% iga egalik qiluvchi Maskning boyligi $168 mlrdga ko‘payib, $677 mlrdga yetdi.

Avvalgi rekord ham Ilon Maskga tegishli edi. U oktabr oyida boyligi $500 mlrddan oshgan tarixdagi birinchi inson bo‘lgandi.

Kapital.uz avvalroq Tesla aksiyadorlari Ilon Mask uchun $1 trlnlik kompensatsiya paketini ma’qullagani haqida xabar bergandi.  Mask o‘n yil davomida $1 trlngacha aksiyalar olishi mumkin, bu paketning sof qiymati $878 mlrd deb baholanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi