ILMA va «Tether» O’zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

Tomonlar tegishli memorandumni imzoladilar

ILMA va «Tether» O’zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) va «Tether» kompaniyasi O’zbekistonda kriptovalyuta va blokcheyn infratuzilmasi texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, innovatsiyalarni ilgari surish bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitim tuzdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjatga ko’ra, tomonlar O’zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirish, barqaror tokenlarni yaratish va aktivlarni tokenlashtirish bo’yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu hamkorlikning maqsadi mamlakatda iqtisodiy o’sish va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlashdir. Asosiy e’tibor kriptovalyutalar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, raqamli valyuta va aktivlarni tokenizatsiya qilish uchun Markaziy bank texnologiyalarini joriy etish va aholi o’rtasida blokcheyn va kriptovalyutalar haqidagi bilim darajasini oshirish uchun ta’lim loyihalarida hamkorlik qilishga qaratiladi.

Bundan tashqari, «Tether» va ILMA O’zbekistonning tegishli hokimiyat organlari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida mamlakatning raqamli valyutasini ishlab chiqishda yaqindan hamkorlik qiladi.

Tether raqamli moliya sohasida stabilkoinlarni chiqarish va ulardan foydalanish bo’yicha yetakchi hisoblanadi. Barqarorlik va inklyuzivlik standartlarini belgilab, moliya, infratuzilma, texnologiya va atrof-muhit sohasida innovatsiyalarni boshlaydi. 2014 yilda chiqarilgan USDT tokeni AQSh dollariga bog’lanib, bozor ishtirokchilariga barqarorlikni ta’minlaydi. Xalqaro platformalarda kapitallashuv va aylanma bo’yicha yetakchi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM