ILMA “City Pay Gate”ga kriptoaktivlar bilan ishlash uchun litsenziya berdi

Kompaniya mamlakatdagi to‘rtinchi litsenziyalangan kripto-depozitariy va o‘ninchi kripto-do‘konga aylandi

ILMA “City Pay Gate”ga kriptoaktivlar bilan ishlash uchun litsenziya berdi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “CITY PAY GATE” MCHJ QK ga kripto-depozitariy va kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi

Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.

Bu kriptodepozitariy litsenziyasiga ega to‘rtinchi va kriptovalyutalar bilan ishlashga ruxsat olgan o‘ninchi kompaniyadir.

“CITY PAY GATE” “Paynet”(45%), “UAB City Pay” (45%) va “Koberidze David” (10%) tomonidan tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kripto-aktivlar bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash uchun davlat boji stavkalari belgilangan.

Boj miqdori faoliyat turiga bog‘liq bo‘ladi va amaldagi bazaviy hisoblash miqdori asosida hisoblanadi:

  • kripto-birjalar uchun — BHMning 73,4 ming baravari (27,5 mlrd so‘m);
  • mayning-pullar uchun — BHMning 3 ming baravari (1,1 mlrd so‘m);
  • kripto-depozitariylar uchun — BHMning 7 ming baravari (2,6 mlrd so‘m);
  • kripto-do‘konlar uchun — 3,7 ming BHM (1,4 mlrd so‘m).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda kreditorlarning 40%i oyligining yarmini kredit to‘laydi — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda kreditorlarning 40%i oyligining yarmini kredit to‘laydi — Markaziy bank
O‘zbekistonda marketpleysda ishlovchi eksportchilardan QQS olinmasligi mumkin
/
O‘zbekistonda marketpleysda ishlovchi eksportchilardan QQS olinmasligi mumkin
“Centrum Air” Novosibirsk va Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
/
“Centrum Air” Novosibirsk va Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi