O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oshirildi

Shuningdek, ayrim litsenziyalarni to'xtatish 10 kundan 6 oygacha uzaytirildi

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oshirildi

O‘zbekistonda tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qabul qilingan hujjatga ko‘ra, hozirda vaqtincha foydalanilmayotgan davlat o‘rmon fondi yer uchastkalari endilikda jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilishi mumkin. Bunday yerlarni ajratish jarayoni faqat elektron savdo platformasi orqali, onlayn-auksion asosida amalga oshiriladi.

Iqtisodiy protsessual kodeksiga biznes faoliyatini cheklash masalalariga oid aniqliklar kiritildi. Muayyan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar va litsenziyalar amal qilishi 10 kundan 6 oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin. Avvalgi tartibda faqat 10 ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatish nazarda tutilgan bo‘lib, yuqori chegara aniq belgilanmagan edi.

O‘zgartirishlar “Aholini bandligi to‘g‘risida”gi qonunga ham taalluqli bo‘ldi. Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ixtiyoriy yillik ijtimoiy soliqning eng kam miqdori 1 BHM — 412 ming so‘m etib belgilandi.

Shu bilan birga, Prezident farmoni bilan mamlakatda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etilmoqda. Yangi idoraga ushbu yo‘nalishdagi vazifa va funksiyalar to‘liq ravishda Iqtisodiyot va moliya vazirligidan o‘tkaziladi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab agentlik ichki va hududiy bozorlarni tahlil qilib, mahalliylashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatini shakllantiradi.

Mazkur ro‘yxatdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar ularni belgilangan tartibda kafolatli xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, biznes subyektlarining barqarorlik reytingini hisoblashda endi yaratilgan qo‘shilgan qiymat ulushi ham inobatga olinadi — bu ko‘rsatkich uchun korxonalarga qo‘shimcha ballar beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda davlat xaridlarida 673 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi
/
2025-yilda davlat xaridlarida 673 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi
IIV 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish qoidalarini aniqlashtirdi
/
IIV 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish qoidalarini aniqlashtirdi
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga $164 mln ajratadi
/
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga $164 mln ajratadi