O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi

Karta 10 dan ortiq hujjatlarni o‘rnini bosadi va 65 turdagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni osonlashtiradi

O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi

Endilikda aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “ijtimoiy karta” tizimini joriy etiladi. Bu haqida hukumatning tegishli qarori qabul qilindi

Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy kartani chiqarish va taqdim etish rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.

Dastur doirasida barcha fuqarolarga dastlab foydalanish uchun mavjud bo‘lgan elektron ijtimoiy karta beriladi. Shu bilan birga, fuqarolarning xohishiga ko‘ra, bank kartasi shaklida ham ijtimoiy karta chiqarilib, taqdim etilishi mumkin.

Ijtimoiy kartani chiqarish uchun arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi, “Inson”  ijtimoiy xizmat markazlari orqali rasmiylashtirish mumkin. Ayrim hollarda arizalar ijtimoiy xodimlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy agent orqali ham topshirilishi mumkin.

Shuningdek, ijtimoiy kartaning muvaffaqiyatli joriy etilishi, «Ijtimoiy karta» axborot tizimi hamda mobil ilovasining barqaror ishlashini ta’minlash uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab, karta orqali to‘lov xizmatlarini taqdim etuvchi to‘lov tashkilotining 24 soatlik texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati ish boshlaydi.

2025-yil 1-fevraldan boshlab test rejimida Agentlikning qisqa raqamli 1070 ma’lumot-xizmat markazi hamda ijtimoiy kartani chiqarish va undan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal qilish uchun kechayu kunduz ishlovchi ishonch telefoni ishga tushadi.

Dekabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy kartalar tizimi joriy etilishini e’lon qilgandi. Yangi karta 65 turdagi ijtimoiy xizmatlarni olish uchun talab qilinadigan 10 dan ortiq hujjat o‘rnini bosadi. Tizim 1-iyulgacha Toshkent va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil oxirida esa butun mamlakat bo‘ylab joriy etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“UzAuto Motors” uchun vaqtinchalik direktor sifatida Odiljon Bastamkulov tayinlandi
/
“UzAuto Motors” uchun vaqtinchalik direktor sifatida Odiljon Bastamkulov tayinlandi
Kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug’ullangan buxorolik 17 yoshli yigit ishi yakunlandi
/
Kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug’ullangan buxorolik 17 yoshli yigit ishi yakunlandi
2024-yilda O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati hajmi 3,6 trln so‘mga yetdi
/
2024-yilda O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati hajmi 3,6 trln so‘mga yetdi