Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan

Natijada 37 ming tadbirkor oyiga 500 ming soʻmdan kam soliq toʻlagan

Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni soliq maʼmurchiligini takomillashtirish va soliq organlari faoliyatini isloh qilishga doir taqdimot bilan tanishdi.

Yigʻilishda soliq tushumlarini oshirishdagi eng katta zaxira yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ekani taʼkidlandi.

Prezident raqamli tahlil va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanib, “aqlli” nazorat tizimini joriy etish orqali joriy yilda budjetga qoʻshimcha 30 trln soʻm tushumni taʼminlash zarurligini koʻrsatib oʻtdi. Bu savdo va xizmatlar, sanoat, qurilish, umumiy ovqatlanish hamda boshqa sohalarda P2P-operatsiyalar monitoringi, tovarlarni markirovkalash, raqamli nazoratni kuchaytirish, yuklarni hujjatsiz tashish faoliyatini avtomatik aniqlash va norasmiy bandlikni rasmiylashtirish kabi mexanizmlardan keng foydalanish hisobiga taʼminlanishi mumkin.

Bozorlar va savdo majmualarida nazorat toʻliq yoʻlga qoʻyilmagani, raqamlashtirish ishlari yetarli emasligi oqibatida ushbu yoʻnalishdagi imkoniyatlar toʻliq ishga solinmayotgani qayd etildi. Bugungi kunda bu yerlarda 72 mingdan ortiq chakana savdo subyekti faoliyat yuritmoqda. Biroq ularning 38 mingdan ortigʻi tovar aylanmasini oyiga 1 mln soʻmdan kam koʻrsatgan, 40 mingdan ziyodi esa kuniga atigi 2-3 ta chek bermoqda. Shuningdek, bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasi boʻyicha ijara shartnomalari hisobga qoʻyilmagan. Natijada 37 ming tadbirkor oyiga 500 ming soʻmdan kam soliq toʻlagan.

Shu bois, bozorlar va savdo majmualarini toʻliq raqamlashtirish hisobiga qoʻshimcha tushum manbalarini ishga solish, nazorat, soliq xizmati va raqamli kuzatuvni oʻzaro integratsiya qilish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
O‘zbekistonda “Avion” aviakompaniyasi tashkil etildi
/
O‘zbekistonda “Avion” aviakompaniyasi tashkil etildi