Toshkentda ijara narxlar yana oshdi
Eng arzon tumanlar Sergeli, Yashnobod va Uchtepa bo’ldi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Toshkent shahrida oktyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar 1,3%ga hamda to‘liq ta’mirlanganlari 0,2%ga qimmatlashgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.
O‘rtacha ta’mirlangan uylar ijarasi bo’yicha 1 xonali uylar narxi o’tgan oyga nisbatan 0,55ga, 2 xonali uylar esa 1,4%ga, 3 xonali uylar uchun 1%ga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5%ga ko’tarildi.
Sergeli hamda Yashnobod tumanlarida o‘rtacha ta’mirdagi xonadonlar arzon narxlar taklif qilinmoqda. Sergelida $285dan $432gacha baholangan. Yashnobodda esa $300dan $545gacha bo’lgan narxda uylar ijaraga berilgan.
O‘rtacha ta’mirlangan uylarning eng qimmat ijara narxlari Mirobod ($344dan $863gacha) va Yakkasaroy ($364dan $700gacha) tumanlarida qayd etilgan.
Oktyabr oyida to’liq ta’mirlangan 2 va 3 xonali uy-joylarning ijara narxi o’zgarishsiz qolgan bo’lsa, 4 xonali uylar 0,4%ga, 1 xonalilar 1,3%ga oshgan.
Bu toifadagi uylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli ($321dan $513gacha) va Uchtepa ($354dan $639gacha) tumanlarida kuzatilgan.
Eng qimmati esa Mirobod ($471dan $1307gacha) va Shayxontohur($460dan $1328gacha) tumanlarida bo’ldi.
Bundan oldin, sentyabr oyidagi ijara narxlari haqida xabar berilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ