IIV 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish qoidalarini aniqlashtirdi

Antikvar sifatida tan olingan transport vositalariga foydalanish va maxsus raqam olishga ruxsat beriladi

IIV 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish qoidalarini aniqlashtirdi

Ichki ishlar vazirligi (IIV) ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish tartibiga aniqlik kiritdi. Endilikda antikvar deb e’tirof etilgan avtomobillar umumiy cheklovlardan mustasno bo‘lib, ulardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Vazirlar Mahkamasining yo‘l harakati xavfsizligini raqamlashtirishga oid qaroriga muvofiq, quyidagi mezonlarga javob beradigan transport vositalari antikvar avtomobil hisoblanadi:

  • ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lishi;
  • asl holati saqlangan bo‘lishi, ya’ni tashqi ko‘rinishi, konstruksiyasi va asosiy agregatlari o‘zgartirilmagan bo‘lishi.

Bunday avtomobillar uchun ANT seriyali maxsus davlat raqam belgilari joriy etiladi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lumotiga ko‘ra, fuqarolar 2026-yil 1-fevraldan boshlab hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmalariga murojaat qilib, antikvar avtomobillarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Antikvar avtomobillar uchun davlat raqam seriyalari quyidagicha belgilanadi:

  • yuridik shaxslarga tegishli antikvar avtomobillar uchun — I, IA, IE, IAE;
  • jismoniy shaxslarga tegishli antikvar avtomobillar uchun — III, IIIA, IIIE, IIIAE;
  • yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar uchun — I, IA, IE, IAE tipidagi TTT seriyali raqamlar.

Mazkur o‘zgarishlar antikvar avtomobillarni tarixiy meros sifatida asrash, shuningdek, ularni qonuniy va qulay tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlashga qaratilgan.

Eslatib o’tamiz, hukumatning 2026-yil 20-yanvardagi 11-son qarori bilan 2026-yil 1-fevraldan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Ushbu transportlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va davlat ro‘yxatidan chiqariladi.

Shuningdek, umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari, kon, shaxta va karerlarda foydalaniladigan maxsus transport vositalari, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar hamda “antikvar” avtomototransportlar uchun alohida seriyali davlat raqam belgilarini joriy etish belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oshirildi
/
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oshirildi
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga $164 mln ajratadi
/
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga $164 mln ajratadi
Markaziy bank OneID tizimidagi uzilishlar bo‘yicha vaziyatga izoh berdi
/
Markaziy bank OneID tizimidagi uzilishlar bo‘yicha vaziyatga izoh berdi