O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish vaqtincha to‘xtatildi

Yangi tartib 11-iyuldan amal qiladi

O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish vaqtincha to‘xtatildi

8-iyul kuni O‘zbekistonda IELTS imtihonini oluvchi IDP (Edu-Action Centre) tashkiloti o‘zining Telegram’dagi sahifasida qog‘oz shaklidagi IELTS testi uchun ro‘yxatdan o‘tish vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabar berdi. Tashkilot bu qaror operatsion sabablarga ko‘ra qabul qilinganini ma’lum qilgan.

IELTS imtihonini qog‘ozda yozib topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar testni kompyuterdan foydalanib yechish turiga (IELTS on Computer) bepul o‘tkazishi yoki imtihon uchun to‘lagan pulini to‘liq qaytarib olishi mumkin.

IDP (Edu-Action Centre) tashkilotidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun eslatma:

  • Agar nomzod imtihonni “transfer” qilishni istasa, @idpregbot/exams.uz orqali kompyuter shaklidagi imtihonga ro‘yxatdan o‘tishi, so‘ngra Telegram’dagi @idp004 foydalanuvchisiga “Transfer qilmoqchiman” deb yozishi kerak.
  • Agar nomzod to‘lovni qaytarib olmoqchi bo‘lsa, Telegram’dagi @idponline_bot orqali to‘lovni qaytarish arizasini to‘ldirishi, so‘ng @idp004 foydalanuvchisiga uni yuborib, “Refand qilmoqchiman” deb yozishi so‘raladi. Har ikkala holatda ham pasport yoki ID kartaning fotosuratini ilova qilish talab qilinadi. Ishonch raqami +998712300103.

British Council tashkilotidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun eslatma:

  • Qog‘ozda topshiriladigan imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar o‘z qarori haqida 31-iyul sanasigacha info@britishcouncil.uz elektron pochtasiga xabar yozishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda IELTS’ni kompyuterda topshirish

Imtihonda Reading (o‘qish), Writing (yozish) va Listening (tinglash) bo‘limlari kompyuterda o‘tkaziladi, ammo Speaking (so‘zlashuv) testi an’anaviy tarzda, ya’ni imtihon oluvchi bilan yuzma-yuz suhbat ko‘rinishida bo‘ladi.

Nomzod uchun test formati, savol turlari, har bir bo‘limga ajratilgan vaqt va mazmun o‘zgarishsiz qoladi. Kompyuterda topshirilgan IELTS natijalari 1 dan 5 ish kuni ichida tayyor bo‘ladi. An’anaviy qog‘ozda topshiriladigan imtihon natijalari esa 13 kunda e’lon qilinardi.

O‘zbekistonning 4 ta shahrida IELTS imtihonini IDP orqali (imtihon topshirish narxi 190 dollar), 12 ta shahrida British Council orqali (2 mln 639 ming so‘m) kompyuterda topshirish mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi