O’zbekistonda mahalliy tovarlarni identifikatsiya qilish tartibi belgilandi
Eng kamida 30% mahalliylashtirilgan mahsulotlar mamlakatimizda ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi sertifikat olishi mumkin bo‘ladi

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni identifikatsiya qilishning yangi tartibi tasdiqlandi. Bu haqda “Lex.uz”da ma’lum qilindi.
Unga ko’ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning mahsulotlarini hisobga olish uchun maxsus reyestr tuziladi. Mahalliy mahsulotlarga ekspertiza natijalariga ko‘ra “O‘zbekekspertiza” davlat kompaniyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan ekspertlardan sertifikat beriladi.
Import qilinadigan materiallardan mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlar ham tannarxdagi ulushi 70%dan, mahalliylashtirish ulushi esa kamida 30%ni tashkil etish sharti bilan mahalliy deb tan olinishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekistonda yetishtiriladigan o‘simliklar, hayvonlar va ulardan olingan mahsulotlar, avtomatik tarzda mahalliy hisoblanadi. Bu ov va baliq ovlash mahsulotlariga ham tegishli. Maxsus bilim va texnologiyani talab qilmaydigan operatsiyalar, tovarlarni sotishga tayyorlashga qaratilgan saralash, qadoqlash va boshqa jarayonlar mahalliy ishlab chiqarish sifatida tan olinmaydi.
Sertifikat olish uchun korxona tomonidan mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanilganligini tasdiqlovchi hamda import qilinadigan materiallar va butlovchi qismlarga hujjatlar, shu jumladan bojxona deklaratsiyasini ilova qilgan holda “O‘zbekekspertiza”ga ariza taqdim etishi kerak.
Baholash jarayoni ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga oladi. Barqarorlik reytingi “A” yoki undan yuqori bo‘lgan korxonalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar va patentga ega innovatsion mahsulotlar ayrim talablardan ozod etilishi mumkin.
Ekspertiza ariza topshirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida o‘tkaziladi va uning natijalari bo‘yicha xulosa yoki dalolatnoma asosida amal qilish muddati 24 oy bo‘lgan sertifikat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ekspertiza narxi BHM 3 barobarida hisoblanadi (1,1 mln so‘m). Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi bo‘yicha ham shunday tasnifga ega bo‘lgan tovarlarga qo‘shimcha dalolatnoma tuzganlik uchun BHM’ning 0,1 barobari (37,5 ming so‘m) undiriladi.
Fuqarolar, jamoatchilik vakillari, davlat buyurtmachilari yoki raqobatchilarda sertifikatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga shubha tug‘ilsa, “O‘zbekekspertiza”ga murojaat qilishlari mumkin. Arizalar 5 ish kuni ichida joyida tekshirish ishlari amalga oshiriladi.
Tovarning mahalliylashtirilganlik darajasi 30%dan kam bo‘lsa, arizada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlansa, tovar xorijdan olib kirilib, lekin mahalliy mahsulot sifatida sotilgan bo‘lsa, sertifikat bekor qilinishi mumkin.
Mahalliylashtirish darajasi 30%dan ortiq, lekin e’lon qilingan darajadan past bo‘lsa, vakolatli organ sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turishni taklif qiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ