28.8.2024 | 13:11
Ispaniyaning “Iberojet” aviakompaniyasi Madriddan Toshkent va Urganchga charter yo’lovchi reyslarini ishga tushiradi
Toshkentga birinchi reys 2 sentyabrda, Urganchga esa 8 sentyabrda amalga oshiriladi

Фото: Uzbekistan Airports
Ispaniyaning “Iberojet” aviakompaniyasi Madrid — Toshkent va Madrid — Urganch yo’nalishlarida charter yo’lovchi reyslarini boshlaydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.
Toshkentga birinchi reys joriy yilning 2 sentabrida, Urganchga esa 8 sentabr kuni amalga oshiriladi. Parvozlar har ikki haftada Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning 4 sentabr kuni Xitoyning “North-Western Cargo International Airlines” aviakompaniyasi Sian — Toshkent yo’nalishi bo’yicha yuk reyslarini yo’lga qo’yadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ