“Hunnu Air” aviakompaniyasi Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi

“Hunnu Air” aviakompaniyasi Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Mo‘g‘ulistonning “Hunnu Air” aviakompaniyasi sentabr oyidan boshlab O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar berdi

“Uzbekistan Airways” kompaniyasi Mo‘g‘ulistonning “Hunnu Air” aviakompaniyasi bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichini o‘tkazdi. Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aviakompaniya bosh direktori Purevjav Munxjargal Toshkentga keldi.

Tomonlar Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam yo‘lovchi qatnovlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Aviakompaniya joriy yilning sentabr oyidan boshlab Embraer 190 samolyotlarida haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Muzokaralarda, shuningdek, Mo‘g‘uliston aviatashuvchisi rahbari Toshkentni Mo‘g‘uliston va qo‘shni davlatlar yo‘lovchilarining parvozlari uchun keng imkoniyatlar ochib beruvchi tranzit “Xab” sifatida ham ko‘rishini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
/
Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
/
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi