Shuhratbek Qurbonov “Humo” to‘lov tizimi rahbari lavozimidan ketdi

Uning o‘rniga “Oktobank” rahbarining sobiq o‘rinbosari Maksimov Aleksey tayinlandi

Shuhratbek Qurbonov “Humo” to‘lov tizimi rahbari lavozimidan ketdi

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO) aksiyadorlarining navbatdagi yig‘ilishida jamiyatning amaldagi raisi vakolatlarini muddatidan oldin tugatish va jamiyatning yangi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqdi. Bu haqdagi ma’lumot Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lum qildi. 

To‘lov tizimiga u tashkil topgan vaqtdan (2019-yildan) beri Shuxratbek Kurbanov rahbarlik qilib kelgan. 

Uning o‘rniga Maksimov Aleksey Yuryevich tayinlandi. Maksimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yil sentabr oyidan buyon “Octobank” AK boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq, “HUMO” to‘lov tizimi $65 mlnga sotilgani, uning ochiq savdo jarayonlarida “Paynet” AJ g’olib bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank oktabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
/
Markaziy bank oktabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
JSTga a’zo bo‘lish doirasida telefonlar importiga bojxona boji bekor qilinadi — Bojxona qo‘mitasi
/
JSTga a’zo bo‘lish doirasida telefonlar importiga bojxona boji bekor qilinadi — Bojxona qo‘mitasi
Toshkent aeroportida olib kirilayotgan telefonlarni rasmiylashtirish qayta tiklandi
/
Toshkent aeroportida olib kirilayotgan telefonlarni rasmiylashtirish qayta tiklandi