“HUMO” ga yangi rahbar tayinlanadi

Kompaniyaga 2019-yildan beri Shuxratbek Kurbanov rahbarlik qilib kelmoqda edi

“HUMO” ga yangi rahbar tayinlanadi

21-fevral kuni “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO) aksiyadorlarining navbatdagi yig‘ilishida jamiyatning amaldagi raisi vakolatlarini muddatidan oldin tugatish va jamiyatning yangi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida tegishli e’lon joylashtirildi. 

To‘lov tizimiga u tashkil topgan vaqtdan (2019-yildan) beri Shuxratbek Kurbanov rahbarlik qilib keladi.

Avvalroq, “HUMO” to‘lov tizimi $65 mlnga sotilgani, uning ochiq savdo jarayonlarida “Paynet” AJ g’olib bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 

Shuningdek, kecha, 4-fevral kuni Olimjon Zokirov “Uzcard” kompaniyasining ijrochi direktori lavozimidan ketgan edi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
/
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
O‘zbekistonda energetika loyihalarida mahalliy institutlar ulushi 50% ga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda energetika loyihalarida mahalliy institutlar ulushi 50% ga yetkaziladi
O‘zbekistonda to‘lanmagan jarimalar uchun avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda to‘lanmagan jarimalar uchun avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin