“Humo” da yana rahbar o‘zgardi

Maqsadjon Muhitdinov rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

“Humo” da yana rahbar o‘zgardi

“Milliy banklararo protsessing markazi” da (“Humo”) 2,5 oydan so‘ng boshqaruv raisining navbatdagi o‘zgarishi yuz berdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

20 may kuni kuzatuv kengashi boshqaruv raisi Aleksey Yurevich Maksimov bilan amaldagi uch yillik mehnat shartnomasiga qaramay, uning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Maqsadjon Mansurovich Muhitdinov shu kungacha markaz raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning vakolatiga iqtisodiy strategiyani shakllantirish, texnik rivojlanishni bozor tamoyillari asosida rejalashtirish, ta’minot va modernizatsiya jarayonlarini tashkil etish kirgan.

Muhitdinov o‘z vakolati doirasida moliyaviy, bank va boshqa texnik hujjatlarni dumaloq muhr bilan tasdiqlab, ishonchnoma asosida imzolash vakolatiga ega bo‘lgan. Uning qo‘shimcha vazifalari qatoriga har tomonlama iqtisodiy tahlil o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy faoliyatni yuritish, moliyalashtirishni tashkil etish, buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish kiradi. U ish haqini to‘lash, byudjetga barcha turdagi soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bilan shug‘ullangan.

Shuningdek, yagona aksiyadorning qarori bilan Shuhratbek Ravshanbekovich Qurbonovning “Humo” kuzatuv kengashi a’zosi sifatidagi vakolati muddatidan oldin tugatilib, u kompaniyaning affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi. Uning kuzatuv kengashidagi o‘rnini “Paynet” bosh direktori Anvar Sadikovich Isamuxamedov egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 6-mart kuni “Humo” aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida Aleksey Maksimov 2018-yil dekabridan 2025-yil martigacha tashkilotni boshqargan Qurbonov o‘rniga uch yillik mehnat shartnomasi asosida boshqaruv raisi etib tayinlangan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi