Prezident mahalliy hokimiyat organlarini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi

Endilikda hokimliklar davlat mulkini ijaraga olishning eng kam stavkasini belgilash va yo‘lning ba’zi qismlarida tezlikni oshirish yoki kamaytirishga ruxsat berish vakolatiga ega

Prezident mahalliy hokimiyat organlarini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi

2025-yil 23-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan bir qator vakolatlarni mahalliy Kengashlarga o‘tkazish bo‘yicha takliflar maʼqullandi.

Byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismini mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantirish, mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar hamda Maslahat guruhlari faoliyatini tashkil etish, mahalliy Kengash Rayosati, Kengash raisi o‘rinbosari institutlarini joriy etish belgilandi.

Bundna tashqari, quyidagilar belgilandi:

  • davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini belgilash;
  • dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflar miqdorini tasdiqlash;
  • ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish;
  • yo‘llarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatib) ruxsat berish.

Hokim o‘rinbosarligiga nomzodlarni mahalliy Kengash doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilish, “Kengash soati” institutini joriy etish, fuqarolarning mahalliy Kengash sessiyasi ishini bevosita kuzatishi bo‘yicha tizimni yo‘lga qo‘yiladi.

Konsepsiya doirasida mahalliy Kengashlarning hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytiriladi.

Bundan tashqari, “qulaylik” – “soddalik” – “xavfsizlik” tamoyili asosida mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi muvofiqlashtiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oltin narxi may oyi oxiridan beri birinchi marta $3,3 mingdan tushdi
/
Oltin narxi may oyi oxiridan beri birinchi marta $3,3 mingdan tushdi
O‘zbekistonda ortiqcha soliqlarni qaytarish muddati qisqartirildi
/
O‘zbekistonda ortiqcha soliqlarni qaytarish muddati qisqartirildi
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi 433,6 mlrd so‘mlik aksiyalarni joylashtiradi
/
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi 433,6 mlrd so‘mlik aksiyalarni joylashtiradi