Hududiy elektr tarmoqlari xususiy sektorga o’tkaziladi

Oktyabr oyida Samarqand viloyati elektr tarmoqlarini boshqarish uchun xususiy operatorni jalb qilish bo'yicha tender e'lon qilinadi

Hududiy elektr tarmoqlari xususiy sektorga o’tkaziladi

O’zbekistonda “hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvini xususiy sektor qo’liga topshirishning amaliy bosqichi boshlanadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oktyabr oyida Samarqand viloyatining elektr tarmoqlarini boshqarish uchun xususiy operatorni jalb qilish bo’yicha tender e’lon qilinadi. Kelgusi yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham shunga o’xshash choralar ko’riladi.

So’nggi yillarda energetika sohasida xususiy biznes uchun keng imkoniyatlar yaratgan muhim islohotlar amalga oshirildi. Natijada $3,5 mlrdlik xususiy sheriklik loyihalari ishga tushirildi va hozirda $31,5 mlrdlik 50 ta loyiha ustida faol ish olib borilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mirziyoyev Osiyoda energetika loyihalarini kengaytirishni taklif qildi
/
Mirziyoyev Osiyoda energetika loyihalarini kengaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda dollar kursi 12 000 so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 000 so‘mdan oshdi
AQSH sudi Tramp ma’muriyatiga 2027-yilgi Green Card lotereyasini ochishni buyurdi
/
AQSH sudi Tramp ma’muriyatiga 2027-yilgi Green Card lotereyasini ochishni buyurdi