O‘zbekistonda maishiy havo tozalash uskunalari bojxona bojidan ozod etiladi
Shuningdek, PM 2.5 zarralari bilan ifloslanish manbalarini aniqlash uchun Atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil qilinadi
O‘zbekistonga olib kiriladigan maishiy havo tozalash uskunalari bojxona bojidan ozod etiladi. Bu 25-noyabr kuni prezident imzolagan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Farmon bilan, atmosfera havosining PM 2.5 zarralari bilan ifloslanish manbalarini aniqlash uchun Ekologiya qo‘mitasi huzurida Atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya (keyingi o‘rinlarda maxsus laboratoriya) tashkil qilinishi belgilandi.
Shuningdek, maxsus laboratoriya uchun uskunalar va boshqa jihozlar, avtomatlashgan kichik stansiyalar (TIF TN kodi 9027), tashlamalarning avtomatik monitoring stansiyalari (TIF TN kodi 9027), avtomatik kuzatuv postlari (TIF TN kodi 9027), chang-gaz tozalash uskunalari (TIF TN kodi 8421), lokal suv tozalash inshootlari (TIF TN kodi 8421) hamda tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kod 8509 80) O‘zbekiston hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi
Bundan tashqari, maxsus laboratoriyaga uskunalar va unga zarur bo‘lgan jihozlar, jumladan, termik optik tahlillarni olib borish uchun termo-optik analizator uskunasi hamda atmosfera havosi namunalarini yig‘ib olish uchun 5 ming dona kvars fil’trlar eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ