O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi 10% ga oshirildi

Yangilangan narxlar 1-avgustdan amal qiladi

O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi 10% ga oshirildi

Respublikada joriy yil 1-avgustdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10% oshirilib, 1 mln 271 ming so‘mga yetkazildi. Bu o‘zgarish safarbarlik chaqiruv rezervi (1 oylik harbiy xizmat) to‘loviga taʼsir qiladi.

Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashdagi eng kam miqdorning 7 barobariga teng. Demak, avgustdan bir oylik harbiy xizmat haqi hozirgi 8 mln 85 ming so‘mdan 8 mln 897 ming so‘mga oshiriladi.

O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori joriy etilgan. Mazkur to‘lov miqdori oshirilgani sari bir oylik harbiy xizmat narxlari quyidagicha o‘zgargan:

  • 2019-yil — 4 mln 40 ming so‘m;
  • 2020-yil — 4 mln 755 ming so‘m;
  • 2021-yil — 5 mln 754 ming so‘m;
  • 2022-yil — 6 mln 440 ming so‘m;
  • 2023-yil — 6 mln 860 ming so‘m;
  • 2024-yil — 8 mln 85 ming so‘m.

Safarbarlik chaqiruv rezervi safiga qabul qilinganlardan pul badallari biryo‘la yoki bir yil mobaynida bo‘lib to‘lash orqali olinadi. Mazkur mablag‘lar Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisobraqamida jamlanadi. Pullar muddatli harbiy xizmatchilarga nafaqa to‘lash, vazirlik moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari taʼminotiga yo‘naltiriladi.

Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi. Ular xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarga, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekistonga qarshi qurolli tajovuz ro‘y bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga jalb qilinishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank banklarga mijoz roziligisiz kreditni hisobdan chiqarmaslikka chaqirdi
/
Markaziy bank banklarga mijoz roziligisiz kreditni hisobdan chiqarmaslikka chaqirdi
1-iyuldan O‘zbekistonda parvozlar uchun elektron hujjat bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi
/
1-iyuldan O‘zbekistonda parvozlar uchun elektron hujjat bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda pensiya hisoblashning bazaviy miqdori oshirildi
/
O‘zbekistonda pensiya hisoblashning bazaviy miqdori oshirildi