O‘zbekistonda birinchi “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi

UzTest qoshidagi Halol sertifikatlashtirish idorasi Turkiya vakolatli idorasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekistonda birinchi “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi

O‘zbekistonda ilk bor xalqaro “Halol” akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“O‘zstandart”) matbuot xizmati ma’lum qildi.

Turkiya Halol akkreditatsiya idorasi (HAA) qaroriga asosan, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) huzuridagi Halol sertifikatlashtirish idorasi Turkiya HAA tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan mamlakatdagi birinchi tashkilot sifatida e’tirof etildi. Ma’lumot Turkiya HAA’ning rasmiy saytida ham e’lon qilingan.

Mazkur idora OIC/SMIIC 2:2019 — “Muvofiqlikni baholash: Halol sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi organlar uchun talablar” xalqaro standarti asosida akkreditatsiya olgan. Bu esa O‘zbekistonda halol standartlari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun yangi bosqichni boshlab beradi.

Agentlikka ko‘ra, ushbu natija O‘zbekistonning xalqaro standartlar tizimiga integratsiyalashuvi yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, mahalliy mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, hukumat 2024-yil fevral oyida “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibini joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab sertifikatlangan mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan markirovka qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, “Halol” talablariga mos sertifikatlash organlarini tashkil etish ham belgilangan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“AirAsia” Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
/
“AirAsia” Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
Sinotek kompaniyasi Surxondaryoda $700 mlnlik energiya loyihasini amalga oshiradi
/
Sinotek kompaniyasi Surxondaryoda $700 mlnlik energiya loyihasini amalga oshiradi
Yil boshidan buyon O‘zbekiston byudjetiga 158,7 trln so‘mlik soliq to‘landi
/
Yil boshidan buyon O‘zbekiston byudjetiga 158,7 trln so‘mlik soliq to‘landi