Shvetsariya O‘zbekistonga Gulnora Karimovaning $182 mln aktivlarini qaytaradi

Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Vision 2030 maxsus fondi orqali mamlakatga yuboriladi

Shvetsariya O‘zbekistonga Gulnora Karimovaning $182 mln aktivlarini qaytaradi

6-fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov va Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy musodara qilingan mablag‘larni qaytarish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Shvetsariya O‘zbekistonga taxminan $182 mln miqdoridagi mablag‘ni qaytaradi. Bu pullar avval respublikaning ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan va 2012-yilda Gulnora Karimovaga qarshi jinoiy ish doirasida to‘liq musodara qilingan edi.

Mablag‘lar mamlakatga BMTning “O‘zbekiston – 2030” maxsus jamg‘armasi orqali kelib tushadi va sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohalari kabi muhim ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladi.

Bu birinchi holat emas. 2022-yilda O‘zbekiston va Shvetsariya o‘rtasida yana $131 mln qaytarilishini ko‘zda tutuvchi kelishuv imzolangan edi. Yangi bitimni hisobga olgan holda, qaytarilgan mablag‘larning umumiy miqdori $313 mlnni tashkil etadi.

Shveytsariya prokuraturasi “Lombard Odier” bankini Gulnora Karimovaning pullarini yuvishida ayblagani haqida xabar berilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi