Go‘sht importi uchun tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi
Havo orqali olib kiriladigan mahsulotlar va nasldor qoramol xarajatlarining bir qismi qoplanadi
O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish maqsadida tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi joriy etildi. Bu Prezidentning “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan 1-avgustgacha tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda havo transporti xarajatlarining 50% qismi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori har bir kilogramm go‘sht uchun $0,8 dan oshmaydi.
Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan 31-dekabrgacha xorijdan havo transporti orqali olib kiriladigan nasldor qoramollar qiymatining 10% qismi subsidiya qilinadi. Ushbu to‘lov har bir bosh qoramol uchun 4 mln so‘mdan oshmasligi belgilangan.
Mazkur subsidiyalarni moliyalashtirish Aholini agrar sohada qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ