“Gʻishtko‘prik” chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi

Fuqarolar vaqtinchalik “Navoiy” chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi

“Gʻishtko‘prik” chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi

2025-yilning 5-fevralidan boshlab “Gʻishtko‘prik” chegara posti 4 oy muddatga yopilmoqda. Bu haqda Bojxona Qo‘mitasi ma’lum qildi

Xabarda aytilishicha, cheklov postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.

“Gʻishtko‘prik” chegara posti harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati “Navoiy” chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi. 

Yangidan zamonaviy tarzda bunyod etilgan “Navoiy” chegara bojxona posti ham Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, “Gʻishtko‘prik” postiga yaqin hudud hisoblanadi. 

Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
/
UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi