2026-yildan g‘isht ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun soliq stavkasi 2 baravarga oshiriladi

Joriy yil 1-avgustdan boshlab ayrim qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi

2026-yildan g‘isht ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun soliq stavkasi 2 baravarga oshiriladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2025-yil uchun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oshiriladi. Bu haqda Prezident farmoni imzolandi

Shuningdek farmonga muvofiq, soliq stavkasi 2027-yildan bosqichma-bosqich qo‘shimcha ravishda oshirilishi rejalashtirilgan. 

2025-yil 1-iyuldan esa boshlab ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi. 

2025-yil 1-avgustdan boshlab, devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) foydalanadigan qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab yer resurslarini muhofaza qilish va tuproqning unumdor qatlami yo‘qolib ketishining oldini olish maqsadida qishloq xo‘jaligiga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlarida tuproq karerlari faoliyati taqiqlanadi. 

Ko‘p qavatli turar joylarni loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlardan sug‘orishda foydalanish tizimlarini tashkil etish majburiy etib belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi