O‘zbekistonda gaz subsidiyalari 2028-yilgacha saqlanib qoladi

Amaliyot tugatilishi va’da qilingandi, shunga qaramay, subsidiya prognozlari ham ortmoqda

O‘zbekistonda gaz subsidiyalari 2028-yilgacha saqlanib qoladi

O‘zbekiston hukumati tariflar oshishi va avvalgi bayonotlarga qaramay, yaqin yillarda gaz narxini subsidiyalashni to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2026−2028-yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyada aytilgan.

gaz, iqtisodiyot va moliya vazirligi, subsidiyalar, uzgastrade

Xususan, 2025-yilda gaz ishlab chiqarish yoki sotib olishning bozor qiymati va ularning ichki bozordagi chakana narxlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun davlat budjetidan 7 trln so‘m ajratish taklif etilmoqda.

Bu avvalgi Fiskal strategiyada (6,4 trln) prognoz qilinganidan ko‘proq.

2026-yilda gaz subsidiyalari shaklida 5,9 trln so‘m (dastlab 4,5 trln so‘m rejalashtirilgan), 2027-yilda 5,5 trln so‘m (4,9 trln so‘m) ajratish rejalashtirilgan.

O‘tgan yilning dekabr oyida bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2028-yildan boshlab subsidiyalar amaliyotini to‘xtatish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

Bu subsidiyalarni berish qachon to‘xtaydi, deb savol beradigan bo‘lsangiz, 2025−2026-yillarda bu davom etadi, 2027-yilda keskin pasayadi, nasib bo‘lsa va 2028-yildan boshlab budjetidan subsidiyalar berilmaydi, — dedi u.

Biroq, Fiskal strategiyaga ko‘ra, 2028-yilda bu maqsadda 5 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ilgari gaz, elektr va issiqlik energiyasi uchun subsidiyalar “iqtisodiy xarajatlar” bo‘limiga kiritilgan edi. Endilikda ular “Ijtimoiy ahamiyatga ega subsidiyalar” bo‘limiga o‘tkazildi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Afg‘oniston energetika loyihalariga $243 mln sarmoya kiritadi
/
O‘zbekiston Afg‘oniston energetika loyihalariga $243 mln sarmoya kiritadi
Bojxona organlari to‘lovli xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi
/
Bojxona organlari to‘lovli xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4% ga oshdi
/
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4% ga oshdi