O‘zbekistonga gaz importi to‘rt oyda $500 mlndan oshdi

Gaz qazib olish hajmi qisqarayotgan bir paytda mamlakatning tabiiy va sun’iy gaz importi o‘tgan yilga nisbatan 3,3 barobarga ko‘paydi

O‘zbekistonga gaz importi to‘rt oyda $500 mlndan oshdi

2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda tabiiy va sun’iy gaz, shuningdek, turli yoqilg‘i-moylash mahsulotlari importi keskin oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatda 12,6 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olingan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 15 mlrd kub metrni tashkil etgan.

Shuningdek, neft qazib olish hajmi 209 ming tonnaga, gaz kondensati ishlab chiqarish esa 319,3 ming tonnaga yetgan. Har ikki ko‘rsatkich ham mos ravishda 5,3 ming tonna va 75,9 ming tonnaga kamaygan.

Mahalliy qazib olish hajmining pasayishi fonida energiya resurslari importi sezilarli darajada oshgan. Xususan, tabiiy va sun’iy gaz importi $508,3 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 barobarga ko‘paygan.

Bundan tashqari, neft, neft mahsulotlari va ularga o‘xshash mahsulotlar importi uchun $821,5 mln sarflangan. Ushbu mablag‘ning $327,1 mlni avtomobil benzini xaridiga to‘g‘ri kelgan.

Ayni paytda uglevodorod mahsulotlari eksportida teskari tendensiya kuzatilmoqda. O‘zbekistonning neft va neft mahsulotlari eksportidan tushgan daromadi $234,3 mlnni tashkil etgan.

Tabiiy va sun’iy gaz eksporti esa $129,4 mlnga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan $70,3 mlnga kamaygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2030-yilgacha beshta yangi sel-suv ombori quriladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha beshta yangi sel-suv ombori quriladi
Metan zapravkalarda gaz narxi 5 750 so‘m darajasiga yetdi
/
Metan zapravkalarda gaz narxi 5 750 so‘m darajasiga yetdi
1-iyundan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
/
1-iyundan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi