Bukmekerlik o‘yinlariga qaram bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati yuritiladi

Shuningdek, xorijiy va noqonuniy servislardan foydalanish cheklanadi

Bukmekerlik o‘yinlariga qaram bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati yuritiladi

Kecha, 14-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasida qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va sug‘urta tashkilotlari faoliyatini tartibga solish hamda ushbu sohalar bo‘yicha vakolatli organ va uning funksiyalari belgilanmoqda.

Xususan, internet jahon axborot tarmog‘idagi tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning huquqiy jihatdan tartibga solish, o‘yinlarga haddan tashqari qaramligi qayd etiladigan fuqarolarning o‘yinlardagi ishtirokini cheklash mexanizmlarini joriy etish hamda bu borada xorijiy va noqonuniy servislardan foydalanishni cheklashga qaratilgan huquqiy normalarning belgilanmoqda. Bu haqdagi Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tartibga solish maqsadida mazkur sohani litsenziya asosida amalga oshirish, ushbu o‘yinlarda ishtirok etishi taqiqlangan fuqarolar toifalarini belgilash, o‘yinlarga qaram bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini yuritish, bukmekerlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari kabi qoidalar ko‘zda tutilmoqda.

Muhokamalar davomida deputatlar lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qarorga alohida e’tibor qaratdilar.

Deputatlarning fikricha,chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, aholi o‘rtasida bunday o‘yinlar keng tarqalmoqda, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi kapital va sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, lotoreyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazilishini tartibga solishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors aksiyadorlarga har bir aksiya uchun 975 so‘mdan dividend to‘laydi
/
UzAuto Motors aksiyadorlarga har bir aksiya uchun 975 so‘mdan dividend to‘laydi
O‘zbekistonda 2024-yilda muomaladagi naqd pul ulushi 20% dan pastladi
/
O‘zbekistonda 2024-yilda muomaladagi naqd pul ulushi 20% dan pastladi
2030-yilga qadar O‘zbekiston va BAAning o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga oshiriladi
/
2030-yilga qadar O‘zbekiston va BAAning o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga oshiriladi